Biz haqimizda
O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «Qurilishda texnik me`yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti» Davlat muassasasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-sentabrdagi “Respublikada kapital Qurilish sohasida buyurtmachi xizmati faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-378-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzurida tashkil etilgan.
Qurilish vazirining 2022-yil 22-noyabrdagi 202-sonli buyrug‘iga ko‘ra Institut faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:
- qurilish resurslarini guruhlarga va bo‘limlarga tasniflagan holda, har biri alohida identifikatsiya raqamlanishi va standartlarga muvofiq nomlanishini nazarda tutuvchi “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasini (keyingi o‘rinlarda – Milliy klassifikator) joriy etish;
- Milliy klassifikatorga kiritilgan qurilish materiallari va xizmatlari (ishlari) bo‘yicha ishlab chiqaruvchi tomonidan taklif etilayotgan narxlarning elektron katalogini (keyingi o‘rinlarda – Elektron katalog) “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali joriy etish;
- obyektlarni axborot modellashtirish (BIM / Building Information Modeling) texnologiyalari asosida loyihalashtirish, qurilish jarayonlarining barcha ishtirokchilarini ma’lumotlar bilan ta’minlash hamda umumiy ma’lumotlar muhiti (CDE / Common data environment)
- dasturiy-texnik majmua vositalarida qurilish loyihalarining raqamli boshqaruv tizimini (keyingi o‘rinlarda – Loyiha boshqaruvi tizimi) joriy etish;
- shaharsozlik hujjatlari, reglamentlar, shaharsozlik normalari va qoidalari va standartlarni ishlab chiqish, mavjudlarini takomillashtirish, amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq muammolarni tahlil qilish hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar hamda xalqaro norma va standartlar bilan uyg‘unlashtirish;
- sohaga oid texnik jihatidan tartibga solishga doir milliy normativ hujjatlar, shuningdek, qurilish sohasidagi xorijiy standartlar, normalar va qoidalarning yagona reestri, elektron bazasi va fondini shakllantirish;
- vazirliklar va idoralar tomonidan yangi ishlab chiqilgan yoki takomillashtirilgan shaharsozlik hujjatlari loyihalariga amaldagi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi me’yoriy hujjatlarga muvofiqligi yuzasidan xulosalar berish tizimini raqamlashtirish;
- qurilishda BIM texnologiyalarini joriy etishda implementator (joriy etuvchi) funksiyasini bajarish, Institutda tashkil etilayotgan BIM-server va axborotlarni qayta ishlash markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, axborot modellarining markazlashgan bankini shakllantirirish;
- maqsadli dasturlar doirasida qurilishda xalqaro tajribalarga asoslangan BIM standartlarini va yagona talablarni ishlab chiqish, shuningdek, BIM texnologiyalarini buyurtmachi, loyihalash va qurilish bosqichlarida joriy etish holatining monitoringini yo‘lga qo‘yish;
- BIM texnologiyalari asosida ishlab chiqilgan loyiha hujjatlarining energiya tejamkorlikka oid qismini ekspertizadan o‘tkazish;
- sohaga oid tegishli yo‘nalishlarda kadrlarni maqsadli tayyorlash va malakasini oshirish (shu jumladan, mahalliy va xorijiy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlikda yoki qo‘shma ta’lim dasturlari asosida).